21:21 / 13.01.2016
6058

Moskvada tyumenlik odam derazadan 700 ming rublni sochib yubordi

Tyumenlik odam Moskvaga kelgan chog‘ida Vernadskiy shoxko‘chasidagi uy derazasidan 700 mnig rubl miqdoridagi pulni sochib yubordi. RBK nashrining xabar berishicha, pulni piyodalar va politsiya terib olgan. 22 yoshli yigit bu ishni 7 yanvar kuni amalga oshirgan.

Aniqlanishicha, u xonadonda rafiqasi va onasi bilan birga yashab kelgan. Ular Sochiga dam olishga ketganida, erkak seyfdan 6.5 mln rubl olgan va ketib qolgan. Bundan oldin u derazadan 700 ming rubl sochib yuborgan.

Pullar terib olinib, uning rafiqasiga qaytarilgan. Ayni paytda erkak qidirilmoqda.

Top