20:59 / 14.01.2016
3961

Ferrari va Lamborghini Ukrainadagi savdolarini inqiroz sababli to‘xtatdi

Ukrainada kechayotgan inqiroz sababli Ferrari va Lamborghini avtomobillari savdosi pasayib ketdi. 2014 yilda Ferrari Kiev avtosaloni 2 dona mashina sotgan bo‘lsa, 2015 yilda esa bir dona sotdi xolos.

Shu munosabat bilan Ferrari va Lamborghini avtomobillarining rasmiy savdosi to‘xtatildi, deya ma'lum qildi ushbu markadagi mashinalarni yetkazib beruvchi Vipos kompaniyasi bosh direktori Viktor Postelnikov ZN.ua internet nashriga.

“Ukranidagi murakkab vaziyat sababli bozor mazkur avtomobillarni rasman yetkazib berishga tayyor emas. Shuningdek, har yili dilerlarga bo‘lgan talab oshmoqda. Ferrari va Lamborghini kompaniyalari o‘z standartlariga rioya qilishda qandaydir istisnolarni amalga oshirishni o‘ziga ravo ko‘rmaydi. Kam savdo va mamlakatdagi vaziyat esa shunchaki zararga olib boradigan bunday shartlarni bajarish esa katta investitsiyalarni talab qiladi”, - dedi Postelnikov.

Ma'lumot uchun, 2014 yilda Ukraina YaIM hajmi 6,8 foizga kamayib, inflyatsiya darajasi 24,9 foizni tashkil etdi. 2015 yilda esa Jahon valyuta fondi mamlakat YaIMning tushish darajasini 9 foiz deb belgiladi, inflyatsiya esa 46 foizga yetdi.

Top