11:11 / 15.01.2016
4794

Ronaldu oilasidan ajralgan 5 yoshli falastinlik bola bilan uchrashadi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 5 yoshli falastinlik bola Ahmad Davabshoh bilan uchrashadi.

Bola hozir shifoxonada yotibdi. «Real» unga Ronaldu bilan uchrashish borasida taklif yuborgan.

Ahmadning uyida yuzaga kelgan yong‘in natijasida bola tirik qolgan, ammo uning akasi va ota-onasi vafot etgandi. Ushbu ish yuzasidan ikki kishiga nisbatan ayblov e'lon qilingan.

Ahmad bir necha oy davomida shifoxonani tark etishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu o‘tgan yil oxirida Bayrutda ro‘y bergan terakt natijasida oilasidan ajralgan 3 yoshli livanlik bola bilan uchrashgandi.

Top