15:07 / 15.01.2016
6689

Xalk o‘z oilasiga qizaloq asrab oldi

Rossiyaning «Zenit» futbol klubi hujumchisi Xalk o‘z oilasiga yangi Alisi ismli qizni asrab oldi. Bu haqda braziliyalik futbolchi o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma'lum qilgan.

«Do‘stlar, sizlar bilan hayotimdagi eng quvonchli voqealardan birini aytmoqchiman. Mening farishtam, yaratganning menga, oilamga tuhfasi Alisini rasman o‘z oilamiz a'zosiga aylantirdik. Nihoyat bu orzuim ushaldi. Endi men dunyodagi eng baxtliman. Endi oilam to‘la-to‘kis bo‘ldi. Alisi, dadang seni yaxshi ko‘radi», deb yozib qoldirgan Xalk.

Xalk bergan ma'lumotlarda qizchaning millati va yoshiga aniqlik kiritilmagan.

Ma'lumot uchun, braziliyalik futbolchi rafiqasi Iran bilan Yaponiyada tanishgan. Juftlikning Alisidan tashqari ikkita – haqiqiy farzandlari Ian va Tiagu bor.

Top