16:09 / 15.01.2016
4879

Britaniyalik ayol McDonald’s mijozini tilanchi deb o‘ylab, unga tushlik xarid qildi

Britaniyaning Galifaks shahrida istiqomat qiluvchi Kler Varin mahalliy McDonald’s restoranida dozatordan ketchup yeyayotgan erkakni ko‘rib qoldi. Ayol uni uysiz bo‘lsa kerak deb o‘ylab, tushlik olib berdi.

The Daily Mail gazetasining yozishicha, mehribon ayol ketchuv yeb o‘tirgan erkak boshqa ovqatni xarid qila olmasa kerak, deb o‘ylagan.

“Men ketchuv faqat chorasizlikdan yeyiladi, deb o‘ylabman, - tushuntirdi ayol. – Ertalab juda sovuq edi, men ovqatlanayotganim, u esa ochligidan uyalib ketdim. U 10 daqiqa shunday o‘tirganiga, isinish uchun kiribdi, deb o‘yladim”.

33 yoshli ayol notanish kishining stoliga ovqatni qo‘yganidan bir muddat o‘tib, ofitsiant erkakning buyurtmasini ham olib kelib qo‘ydi va ushlanib qolgani uchun uzr so‘radi.
“Hijolatdan yer ostiga kirib ketay dedim. Men uning javobini kutmay, qochib ketdim. U nima deb o‘ylaganini bilmayman”, - xulosa qildi Varin xonim.

Top