16:44 / 15.01.2016
3095

2016 yili O‘zbekiston temir yo‘llari investitsiyalari hajmi 10 foizga oshadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2016 yilda investitsiyalar hajmini 2015 yilga nisbatan 10 foizga oshiradi. Sputnik agentligining kompaniya vakiliga tayangan holda xabar berishicha, ko‘rsatkich 692.8 mln dollarga teng bo‘ladi.

“Hukumat tomonidan joriy yilda temir yo‘l sohasiga yo‘naltiriladigan investitsiyalarni o‘zlashtirishning prognoz parametrlari tasdiqlangan”, - dedi agentlik suhbatdoshi.

Kapital kiritmalari strukturasida AJning o‘z mablag‘lari 378.4 mln dollarni, zbekiston taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi mablag‘lari 52.3 mln dollarni, chet el kreditlari 262.1 mln dollarni tashkil qiladi

Top