18:51 / 15.01.2016
3668

Arsen Venger: «Real» va «Atletiko» apellyatsiya orqali jazodan qochib qolishadi

Angliyaning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Arsen Venger «Real» va «Atletiko» nisbatan qo‘llanilgan taqiqlarning kuchga kirishiga shubha bilan qarashini ma'lum qildi.

«Ular bu ish bo‘yicha apellyatsiya berishadi va taqiqni olib tashlanishiga erishishadi. Ularga kelgusi ikkita transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ruxsat berishadi.

Ko‘rasiz, voqealar rivoji xuddi shunday tarzda rivoj topadi», – deya ishonch bilan gapirgan fransuz mutaxassisi.

Eslatib o‘tamiz, kecha 14 yanvar kuni FIFA ikkala Madrid jamoalariga kelgusi ikkita transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlab qo‘ygandi.

Top