19:26 / 15.01.2016
3725

Rossiyada yevro kursi 2014 yilning dekabridan buyon ilk marta 85 rubldan oshdi

Dollar va yevro yana bir bor Moskva birjasida Rossiya rubliga nisbatan 2014 yil dekabr oyidan buyon eng maksimal ko‘rsatkichni qayd etdi.

RIA Novosti bergan ma'lumotga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 16:45da 1 AQSh dollari 1,77 rublga o‘sib 77,82 rublni tashkil qilmoqda.

Yevro esa 2,46 rublga o‘sib, 85,076 rubl qiymatni tashkil qilmoqda. Bunga dunyo bozorlarida neft narxi tushib ketishi sabab bo‘lgan.

Brent va WTI nefti narxlari yana 30 dollardan pastga tushdi

Top