16:19 / 17.01.2016
27726

Tohir Malik: Futbolchilarimizning bo‘yniga omoch taqib, dalada qo‘sh haydatish kerak

Bugun “Kitob olami” markazida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning “Mehmon tuyg‘ular”, “Falak”, “Zulmat saltanati” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Bugungi uchrashuvda Tohir Malik "o‘zbekistonlik tanbal futbolchilar" haqida fikr bildirib o‘tgan.

«Messi, Ronaldu degan futbolchilarning maydondagi har bir xatti-harakatini kompyuter hisoblab boradi. Ular bitta o‘yinda 15-16 kilometr yugurarkan. Tinimsiz mehnat qilishadi. Shuncha yugurganiga yarasha, natijasi ham yaxshi bo‘ladi. Bizning "dumbul futbolchilarimiz"ning eng yaxshisi ham 5 kilometrni zo‘rg‘a yuguradi. Shunga yarasha natijani ham ko‘raverasizlar. Kecha ham yutqazishdi-ku. Ularning barchasining bo‘yniga omoch bog‘lab, dalada qo‘sh haydatish kerak. Sizlar shular kabi tanbal bo‘lib qolmanglar!».

Top