18:32 / 18.01.2016
5803

Qozog‘istonda 19-20 yanvar kunlari -35 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda

Qozog‘istonda 19-20 yanvar kunlari ob-havob -35 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda, deya xabar berdi "Kazgidromet"Sinoptiklar ma'lumotiga ko‘ra, sovuq antitsiklon Qozog‘istonning shimoliy, markaziy va sharqiy hududlaridagi ob-havoga ta'sir ko‘rsatadi.

21 yanvardan boshlab esa mamlakat g‘arbiga Qora dengiz tomondan qorli siklon kirib keladi. Janubiy hududlarning iliq va yog‘ingarchiliklarsiz bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 19 yanvar kuni mamlakatimizda, xususan, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi. Janubiy viloyatlarda esa harorat 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Top