12:17 / 20.01.2016
2446

OAV: Van Gaal mavsum yakunida o‘z xohishi bilan «Manchester Yunayted»ni tark etadi

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal mavsum so‘nggida klubni o‘z istagiga binoan tark etadi. Bu haqida Daily Mirror nashri xabar tarqatgan.

Gollandiyalik mutaxassisning «qizil iblislar» bilan shartnomasi 2017 yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lsada, u mavsum yakunida klub bilan kelishuvni bekor qilishga tayyor.

Lui van Gaal oilaviy sharoiti tufayli ushbu qarorni qabul qilgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq ushbu 60 yoshli gollandiyalik mutaxassis o‘rniga Joze Mourino kelishi haqida xabarlar berilgandi.

Shuningdek, Rayan Giggz ham «Manchester Yunayted»ni boshqarishi haqida xabarlar berilgan.

Aleks Fergyuson «Manchester Yunayted»ga qaytish istagini bildirdi

Top