15:18 / 20.01.2016
8660

Zidan Ronalduga jarima zarbasini tepishdan saboq berdi

"Real" futbolchilarining mashg‘uloti vaqtida jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan va jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldu o‘rtasida qiziq hodisa ro‘y berdi, deya xabar beradi Sportyou.

Zidan mashg‘ulot paytida Ronalduning oldiga kelib, jarima zarbalarini ijro etishda bellashuvni taklif qilgan. "Qara va o‘rgan" degan murabbiy hazil ohangida o‘z shogirdiga.

Zidan o‘nta imkoniyatning barchasida nishonni to‘g‘ri olgan, Ronalduning ko‘rsatkichi esa ikki marta bo‘lgan.

Bellashuvdan so‘ng portugaliyalik futbolchi ustozini zarbalaridan hayratga tushganini yashirmagan.

Eslatib o‘tamiz, "Real" joriy yil boshida Rafael Benitesni ishdan bo‘shatib, uning o‘rniga Zinedin Zidanni bosh murabbiylikka tayinladi. Yangi murabbiy boshqaruvida jamoa 19 turda "Deportivo"ni 5:0, 20 turda "Sporting Xixon"ni 5:1 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi.

Zidanning jamoadagi ilk mashg‘uloti:

Top