18:13 / 20.01.2016
11545

Messi sellofan xaltadan o‘zining futbolkasini yasab olgan iroqlik bolakayga yordam berishni istamoqda

«Barselona»ning argentinalik futbolchisi Lionel Messi uning futbolkasini polietilen paketdan yasab olgan iroqlik bolaga yordam berishni istamoqda.

Biroz oldinroq, turkiyalik internet foydalanuvchilari polietilen paketdan Argentina termasi formasini eslatuvchi ranglarga ega futbolka yasab, kiyib olgan iroqlik bola suratini tarqatishgandi. Suratda Dahuk shahrida yashovchi bola orqa tomonidan ko‘rsatilgan, bu surat tezda internetda tarqalib ketgandi.

Tvitter ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari Messining haqiqiy futbolkasini sovg‘a qilish uchun, uni qidirish bo‘yicha kampaniya boshlagan.

Bleacher Report nashrii xabariga ko‘ra, ushbu fleshmob haqida Messi ham xabar topdi va bolaga yordam berish istagini bildirdi. Ammo ushbu bolakayni topish qiyin bo‘lishi aytilmoqda.

Messi: O‘g‘lim hozircha futbolni uncha xushlamaydi

Top