19:11 / 20.01.2016
9704

Turkmanistonda sigareta taqiqlandi

Turkmanistonda tamaki chekish muammosi osonlik bilan hal qilindi. Sigareta chekuvchilar soni bo‘yicha dunyoda eng oxirgi o‘rinda turuvchi ushbu davlatda tamaki mahsulotlari sotish taqiqlandi, sigaretalar esa yoqib yuborila boshlandi.

“Rossiyskaya gazeta”ning xabar berishicha, 5 yanvar kuni mamlakat hukumati yig‘ilishida prezident Gurbanguli Berdimuhamedov sog‘lom jamiyat xavfsizligini himoya qilish davlat xizmati ishini keskin tanqid ostiga olgan. Sobiq tish shifokori bo‘lgan prezident chekishga qarshi urush e'lon qilish lozimligini ta'kidlab o‘tdi. Ko‘riladigan choralarning asosiysi tamaki mahsulotlarini butunlay taqiqlab qo‘yish bo‘lishi kerak edi.

Yangi qoidalarning buzilishi 1.7 ming dollar miqdoridagi jarimaning undirilishiga olib keladi.

Ertasi kuni do‘konlarga reydlar uyushtirilib, inspektorlar tamaki mahsulotlarini tortib ola boshlashdi.

Chekishga qarshi kampaniya doirasida minglab pachka sigareta yoqib yuborildi. Mamlakat hududiga bunday mahsulotni olib kirish, sotish va iste'mol qilish butunlay taqiqlandi.

Shu bilan birga, bir qator axborot agentliklarining ma'lum qilishicha, do‘kondorlar sigaretani yashirincha sotishda davom etmoqda.

Bunday tashabbusdan faqat bozor ucharlari yutuqqa erishdi: qora bozorda bir pachka sigareta narxi 12 dollarga yetdi, bu esa mamlakatda minimal oylik ish haqining yarmini tashkil qiladi. Donabay sigareta narxi ikki barobarga oshdi. Endi bir dona sigareta 1 dollardan qimmat turadi.

Top