Xitoyning Alibaba internet-kompaniyasi sof daromadi 2017 moliya yilining birinçi çoragi natijasiga köra sof daromadi 1,96 martaga oşib, 2,07 mlrd dollarni taşkil etdi. Har bir aksiyadan tuşgan foyda 0,83 dollarni taşkil etgan. Bu ötgan yilning şu davriga (0,38 dollar) 45 sentga köp demakdir. 

Tahlilçilar 0,91 dollar miqdoridagi foydani taxmin qilişgan edi. Kompaniyaning yillik hisobdagi tuşumi 56 foizga ösib, 7,403 mlrd dollarga yetgan. Kompaniya körsatkiçning ösişini quyidagiça izohladi: u Xitoydagi çakana savdoda 57 foizlik ösişni qayd etgan, dunyoda Lazada va AliExpress platfomalari sababli 2,3 baravardan köproqqa ösgan. 

Kompaniyaning moliyaviy direktori Meggi Vunin aytişiça, «kompaniya birinçi çorakda ajoyib natijalarga erişgan. Şu sababli uzoq muddatli ösiş imkoniyatlariga pul tikişni rejalaştirgan. Ularning ayrimlari mijozlarga foyda keltirmoqda». 

Alibaba Cloud bölimining tuşumi yillik hisobda 96 foizni taşkil etgan. Kompaniyaning amaliy marjasi 7 foizlik punktga ösdi. Xarajatlar keskin tuşgan. Ayniqsa, aksiyalar asosidagi tovon pullari borasida şunday deyiş mumkin. Uşbu hisobotdan keyin şu yilning özida 90 foizga qimmatlaşgan Alibaba aksiyalari yana 2,77 foizga ösdi.