07:16 / 06.03.2016
16165

Yulduz Usmonova Chagayev-Braun jangi oldidan O‘zbekiston madhiyasini ijro etdi

5 martda Checheniston poytaxti Grozniydagi "Kolizey" sport zalida o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev va avstraliyalik Lukas Braun o‘rtasida WBA chempionlik kamariga egalik qilish uchun boks jangi bo‘lib o‘tdi.

Jangni to‘liq nazorat qilgan Chagayev 10-raunddagi bir xatosi tufayli jangni muddatidan avval yutqazdi. 10-raundda Braunning kuchli zarbasidan keyin Chagayev o‘zini o‘nglay olmadi va keyingi 20 soniya ichida raqibidan ketma-ket zarbalarni o‘tkazib yuborgandan so‘ng hakam uchrashuvni to‘xtatishga qaror qildi hamda Braunga texnik nokaut bilan g‘alabani berdi.

Bu uchrashuvda yana bir qiziqarli jihat shu bo‘ldiki, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ringda jonli ijroda O‘zbekiston madhiyasini boshidan-oxirigacha ijro etdi. Zaldagi faxr bilan to‘lib-toshgan ko‘plab o‘zbekistonlik muxlislar O‘zbekiston bayrog‘ini zal uzra keng yoygancha xonandani qo‘llab-quvvatlab turishdi hamda Chagayev boshchiligida unga jo‘r bo‘lib birgalikda madhiyamizni ijro etishdi.

Top