23:10 / 12.03.2016
2078

"Barselona" "Xetafe"ga javobsiz 6ta gol urdi

"Barselona" Ispaniya Primerasining 29-turida o‘z maydonida "Xetafe" bilan uchrashdi. Uchrashuv kataloniyaliklarning 6:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

"Barsa" tarkibida Neymar ikkita gol, Munir Al-Haddodiy, Lionel Messi va Arda Turan bittadan to‘p kiritishdi, yana bitta to‘pni "Xetafe" o‘yinchisi Xuan Rodriges o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.

Ayni vaqtda "Barselona" chempionatda 75 ochko bilan 1-o‘rinni egallamoqda va 2-o‘rinda borayotgan "Atletiko"dan 11 ochko oldinda bormoqda. Biroq "Matraschilar"da bitta zaxira o‘yini bor. "Xetafe" 27 ochko bilan 16-o‘rinni egallamoqda.

Ispaniya Primerasi. 29-tur
Barselona – Xetafe – 6:0
Gollar: Rodriges, 8 (1:0, avtogol); Al-Haddodiy, 19 (2:0); Neymar, 32 (3:0); Messi, 40 (4:0); Neymar, 51 (5:0); Turan, 57 (6:0).
Amalga oshirilmagan penalti: Messi, 11.

Top