O‘zbekiston | 17:52 / 15.03.2016
2836
3 daqiqa o‘qiladi

«Gazprom» 2016 yilda O‘zbekistondan 4 mlrd kub gaz sotib oladi

Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi«O‘zbekneftegaz» Milliy holding kompaniyasi bilan joriy yilda 4 mlrd kub gaz xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda "Praym" nashri xabar tarqatgan.

«2015 yilning dekabrida biz «O‘zbekneftegaz» MHK bilan 2016 yilda 4 mlrd kub gazni sotib olish haqida kelishuvga erishgandik», deyiladi xabarda.

«Gazprom» va «O‘zbekneftegaz» MHK o‘rtasida 2012 yilning dekabrida tuzilgan kelishuv asosida 2013 yildan 2015 yilgacha o‘zbek gazi Rossiyaga yetkazib berilgan.

Shu yilning yanvar oyida «Gazprom» 2016 yilda Turkmaniston gazini xarid qilishni to‘xtatishi, Rossiya 2016 yilda O‘zbekistondan xarid qiladigan gaz hajmi Turkmaniston o‘tgan yili yetkazib berganiga (3,1 milliard kub metr) nisbatan ko‘p bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Bu xabar Rossiyaning gaz xoldingi boshqaruvi raisi Aleksey Miller tomonidan tasdiqlangan.

«Gazprom» va «Turkmangaz» uzoq vaqtdan beri turkmaniston gazining narxi borasida tortishib kelmoqda. 2015 yilning o‘rtasida rasmiy Axshobod «Gazprom»ni sotib olingan gaz uchun pul to‘lamaganlikda aybladi. 2015 yilning iyunida esa «Gazprom», «Turkmangaz» tomonidan gazning narxi qayta ko‘rib chiqilishi munosobati bilan, Stokgolm arbitraj sudiga murojaat qildi.

«Gazprom» 2001 yildan beri O‘rta Osiyo gaz ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 2014 yilda «Gazprom» tomonidan O‘rta Osiyodan 29,52 milliard kubometr gaz ostib olingan. Ulardan 10,98 mlrd kubi Turkmanistondan, 7,38 mlrd kubi O‘zbekistondan va 10, 95 mlrd kubi Qozog‘istondan.

«Gazprom» tomonidan sotib olinayotgan gaz «O‘rta Osiyo – Markaz» (SATs) gaz quvuri orqali tashiladi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston gaz qazib oluvchi dunyodagi eng yirik davlatlar o‘nligiga kiradi (yiliga 63—65 milliard kub metr gaz), MDH davlatlari orasida esa uchinchi o‘rinni egallaydi.

Ashxobod “Gazprom” turkman gazini sotib olishni to‘xtatganini ma'lum qildi

“Gazprom” O‘zbekistondan gaz xarid qilishni ko‘paytirdi

“Gazprom” rahbari Aleksey Miller O‘zbekistondan gaz xarid qilish hajmi ko‘paytirilishini tasdiqladi