15:32 / 22.03.2016
1859

Taksistlar odamlarni Bryussel aeroportiga eltib qo‘yishdan bosh tortishmoqda

Belgiyalik taksistlar mamlakat poytaxtidagi terakt sodir etilgan aeroportga qatnovlarni amalga oshirishdan bosh tortishmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.

Taksi xizmati ham aeroportga bormoqchi bo‘lganlardan buyurtmalarni qabul qilmayapti.

Aeroport hududida 2ta portlash yuz berishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi va 35 kishi jarohatlandi.

Belgiya hukumati aeroportlardagi portlashlar terrorchi hudkushlar tomonidan sodir etilganini e'lon qilgan.

Aeroportdagi portlashlardan ko‘p o‘tmasdan, shahar metrosining 3ta bekatida, "Maalbek", "Shuman" va "Arts-Loi" bekatlarida 4ta portlash sodir bo‘lib, 10dan ortiq kishi halok bo‘ldi.

Top