15:38 / 22.03.2016
1850

Belgiya teraktlar tufayli Fransiya bilan chegarasini yopib qo‘ydi

Belgiya hukumati Bryusselda sodir etilgan davomli teraktlar munosabati bilan Fransiya chegarasini yopish haqida buyruq berdi. Bu haqda CBS12 News tvitterida xabar berilgan.

Bundan oldinroq, Niderlandiya Bryusseldagi teraktlar tufayli Belgiya bilan chegarasida nazoratni qat'iylashtirish va aeroportlar xavfsizligini ta'minlash choralarini kuchaytirishga kirishgandi.

22 mart, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:10da Bryusselning “Zaventem” aeroportida ikki portlash yuz berdi, oradan biroz vaqt o‘tib, Bryussel metrosida ham portlashlar yuz bergani haqida xabar berildi.

Top