20:12 / 22.03.2016
1718

Belgiyada 3 kunlik motam e'lon qilindi

Belgiya IIV rahbari Jan Jambon Bryusseldagi teraktlar tufayli mamlakatda 3 kunlik motam joriy etilgani haqida e'lon qildi. Bu haqda Le Soir gazetasi xabar tarqatgan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, bugun mamlakat poytaxtida sodir etilgan davomli teraktlar natijasida 31 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, 200ga yaqin kishi jarohatlangan.

Bryusseldagi voqealar mamlakat tarixidagi eng yirik terakt sifatida qayd etildi.

Teraktlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

Yevropa markazida terakt. Belgiya fojiasi. Onlayn

Top