“Soğlom avlod uçun” xalqaro xayriya fondi Germaniyaning Friedensdorf Internatsional xalqaro taşkiloti va Özbekiston respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan 2002 yil 3 iyuldagi hamkorlik şartnomasi doirasida amalga oşiriladi. Bu haqda “Darakçi” naşri xabar bermoqda.
“Soğlom avlod uçun” hukumatga qaraşli bölmagan xalqaro xayriya fondi bölim boşliği Jumabek Nurovning ta'kidlaşiça, Germaniyaga jarrohlik uçun jönatilayotgan bemor bolalar 2 yoşdan 12 yoşgaça bölişi kerak. Quyidagi kasalliklar bilan bemor bolalar tibbiy körikka taklif etiladi.
- Tayanç-harakat tizimining tuğma kasalliklari va jarohatlar natijasidagi asoratlari;
- Siydik yöli va ovqat hazm qiliş tizimining tuğma nuqsonlari bilan operatsiyaga muhtojlarning ayrim turlari;
- Kuyişning asoratlari oqibatida jismoniy harakatlaniş va funksiya buzilişiga olib keluvçi çandiqli kontrakturalar va ularning asoratlari bölgan bolalar tanlab olinadi.






