2017 yilning 6 oktabr kuni soat 10:05da, Uçtepa tumanida joylaşgan Toşkent yuridik kolleji hududida, mazkur kollejning 3-bosqiç öquvçilari – 2000 yilda tuğilgan, S.S.S., P.A.N. va 1999 yilda tuğilgan Yo.R.Z. örtalarida kelib çiqqan kelişmovçilik oqibatida özaro janjallaşib, S.S.S. piçoq bilan P.A.N. va Yo.R.Z.larning çap oyoq son qismiga bir martadan urib tan jarohati yetkazgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Natijada P.A.N. “çap son yuqori uçligi sançilib kesilgan jarohati, faol qon ketişi” taşxisi bilan RŞTYoIMga yotqizilgan va olgan tan jarohati oqibatida şifoxonada vafot etgan. 

Foto: KUN.UZ

Yo.R.Z.ga “çap son taşqi yuzasi sançilib kesilgan jarohati” taşxisi bilan RŞTYoIMda ambulator tibbiy yordam körsatilib, uyiga yuborilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvçining ölişiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.