09:42 / 08.08.2016
5189

Opa-singil Uilyamslar Olimpiada juftlik bahslarida mag‘lub bo‘ldi

Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlari tennis bahslarida qatnashayotgan amerikalik opa-singil Serena va Vinus Uilyams juftlik bahslari birinchi davra bellashuvida chexiyalik Lyusi Shafarjova hamda Barbora Stritsovalarga shov-shuvli tarzda mag‘lub bo‘lishdi. «Olimpik Tennis Senter»da bo‘lgan uchrashuv 6:3, 6:4 hisobida yakunlandi.

Qayd etish joizki, bu Uilyamslar uchun Olimpiya o‘yinlari juftlik bahslaridagi birinchi mag‘lubiyatdir. Uilyamslar Sidney (2000), Pekin (2008) va London (2012) Olimpiada o‘yinlarida g‘alaba nashidasini tortishgan.

Uilyamslar to‘sig‘idan o‘tgan Shafarjova va Stritsovalar juftligi keyingi bosqichda kanadaliklar Ejyeni Bushar va Gabriela Dabrovskilar bilan kuch sinashadi.

Top