20:12 / 23.08.2017
74304

Valeriy Tyan «O‘zbekiston havo yo‘llari» rahbarligidan ketdi, uning o‘rnini Ro‘ziqulov egalladi

Foto: «Senat.uz»

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi bosh direktori Valeriy Tyan lavozimini tark etdi. Bu ma'lumotni «Kun.uz» manbalari tasdiqladi.

Valeriy Tyan 2002 yil iyunidan buyon aviakompaniya bosh direktori edi.

Bugun «O‘zavtosanoat» rahbarligi va bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Ulug‘bek Ro‘ziqulov «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasida Valeriy Tyan o‘rnini egallagan. 

Ulug‘bek Ro‘ziqulov bugun kunning ikkinchi yarmida kompaniya jamoasiga yangi rahbar sifatida tayinlangan.

Mavzuga oid
Top