Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murodjon Ahmadaliyev Osiyo chempionati yarim finalida!
Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan 29-Osiyo chempionati chorak final bahslariga start berildi. Uni birinchi bo‘lib 56 kgli bokschilar o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev va butanlik Dorji Nima juftligi boshlab berishdi.
Murodjon Ahmadaliyev ustunligida o‘tgan bahs ikkinchi raundda to‘xtatildi. Bunga butanlik bokschining kuchli zarbalardan so‘ng ikkinchi marotaba nokdaun holatiga tushgani hamda murabbiylari o‘yinni to‘xtatishga qaror qilgani sabab bo‘ldi.
Endilikda, Murodjon Ahmadaliyev ushbu vazn toifasining navbatdagi juftligi koreyalik Han Yonghun va indoneziyalik Makarave Simon bahsi g‘olibi bilan uchrashadi.
Mavzuga oid
00:24
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
09:37 / 25.01.2026
Isroil Madrimov g‘alaba bilan qaytdi
20:13 / 29.12.2025