Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat taşrifi yakunlari böyiça Duşanbeda 27 ta ikki tomonlama bitim imzolanişi rejalaştirilgan.

Ulardan eng muhimi ikki mamlakat fuqarolarining Tojikiston va Özbekiston hududida bir oygaça bölgan muddatda vizasiz bölişi töğrisidagi kelişuvdir, deb xabar berdi «AP» Tojikiston hukumatidagi manbaga asosan.

Tomonlar ikki davlat çegarasini demarkatsiya va delimitatsiya qiliş töğrisidagi bitimni imzolaydilar, bu esa davlat çegarasining bahsli uçastkalari töğrisidagi masalaga yakun yasaydi, deya xabar qilişgan Tojikiston hukumatidan.

Şuningdek, Özbekiston tomonidan 100 million AQŞ dollari miqdorida imtiyozli kredit taqdim etiş töğrisidagi hujjat imzolanişi ham muhim ahamiyatga ega böladi. Bu ikki davlat örtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirişga yönaltiriladi.

Transport, kommunikatsiyalar, Tojikiston hududlarida bir maktab va kasalxona qurilişining Özbekiston tomonidan moliyalaştirilişiga oid şartnomalar imzolanişi kutilmoqda.

Bugun Duşanbe şahrida ikki mamlakat prezidenti iştirokida özbek tovarlari körgazmasi oçiladi. 8 mart kuni Duşanbeda Tojikiston va Özbekiston işbilarmon doiralarining biznes-forumi bölib ötdi, unda tojik hamda özbek biznesi yetakçi vakillari iştirok etdi.

Duşanbeda bölib ötgan biznes-forum va Özbekiston sanoat mahsulotlari körgazmasi yakuniga köra, 140 million dollardan ortiq şartnoma imzolanişi kutilmoqda, deb ta'kidlab ötişgan «AP» Tojikiston hukumatidan.

«Bu miqdor bugun Imomali Rahmon va Şavkat Mirziyoyev örtasidagi muzokaralardan söng oşişi mumkin», - deydi manba.