Sport | 11:40 / 30.01.2018
12776
3 daqiqa o‘qiladi

OChL-2018. «Paxtakor» klubi «Al-G‘arafa» bilan oltinchi marta to‘qnashadi

Bugun, 30 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da «Paxtakor» Qatarning «Al-G‘arafa» klubiga qarshi 6-marta maydonga tushadi.

Bu jamoalarning barcha o‘zaro o‘yinlari Osiyo Chempionlar ligasi doirasida o‘tkazilgan. 2002 yil 3-saralash raundida, Dohada 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan «sherlar» Toshkentda raqibni 3:0 hisobida dog‘da qoldirgan. 

2008 yil guruh bosqichida esa safarda 2:2 natijasi qayd etilgan. Toshkentda «Paxtakor» yana raqibdan kuchliroq ekanini isbotlagan - 2:0.

Oxirgi to‘qnashuv 2010 yili OChLning nimchorak finalida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda «Al-G‘arafa» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Jami 5 o‘yinda «Paxtakor» 2ta g‘alabaga erishgan, 1ta durang va 2ta mag‘lubiyat qayd etgan. Gol urish bo‘yicha ustunlik «Paxtakor» tomonida - 10-7.

«Paxtakor» Qatar klublariga qarshi jami 13 uchrashuvda maydonga tushgan. Ularda 5 g‘alaba, 4 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etilgan. Raqiblar darvozasiga 20 to‘p kiritilib, 16 gol o‘tkazib yuborilgan.

Bugun jamoalar vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda, «Paxtakor» sariq libosda, mezbonlar esa oq libosda maydonga tushishi belgilab qo‘yildi.

OFK reglamentiga ko‘ra, asosiy vaqtda durang natija qayd etilgan taqdirda, qo‘shimcha ikkita bo‘lim belgilanadi. Unda ham g‘olib aniqlanmasa, penaltilar seriyasi boshlanadi. Pley-offda olingan sariq kartochkalar guruh bosqichida bekor bo‘ladi.

OChL. 3-saralash bosqichi
30 yanvar, Doha
«Al-G‘arafa» - «Paxtakor»
Hakamlar:
 Mohannad Qosim Isi Sarray, Muayad Muhammad Ali, Vaziq Ubayd Suvaydiy, Zaid Tamir Muhammad (Iroq).
Hakamlar nazoratchisi: Umar Musa Xalaf Lum (Iordaniya).
Uchrashuv komissari: Sivakumar (Singapur).

Mavzuga oid

E`lonlar