Qirğizistonda prezidentlik saylovi ötkazilişi bilan qöşni mamlakat Qozoğiston Respublikasi qirğiz tadbirkorlari tomonidan işlab çiqariladigan bir neça turdagi sut mahsulotlari importiga taqiq qöydi. Qozoğiston Axborot va kommunikatsiyalar vazirligi e'lon qilgan xabarga köra, qirğizlarning 5ta firmasida işlab çiqarilgan sut mahsulotlarini import qiliş noma'lum muddatgaça töxtatib qöyiladi.

Xabarda aytilişiça, importga taqiq qöyilişiga «veterinar nazorat kuçaytirilgani» sabab bölgan. Bundan avval, inspeksiya xizmati mahsulotlar iste'molga yaroqsizligini aniqlangan bölib, qarorda nomi zikr etilmagan firmalar tez orada ommaga oşkor qilinadi.

Bunga javoban Qirğiziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atamboyev «agar vaziyat şunday davom etaversa, YeOIH a'zo davlat rahbarlarining navbatdan taşqari sammitini ötkazişini, uşbu masalani keng doirada körib çiqişini» ta'kidlagan.

Eslatib ötamiz, qirğiz-qozoq çegarasida yuzaga kelayotgan ziddiyatlar diplomatik munosabatlarning sovuqlaşib qolgani bilan boşlandi. Buning ustiga, Qozoğiston «madadiga ega» ekanligida ayblangan Babanovning prezidentlik saylovida yutqazgani ham jarayonni murakkablaştirmoqda.