Puyolni hayron qoldiramiz. Vazirlik «Paxtakor» stadionini talabalar bilan to‘ldirmoqda
O‘zbekiston chempionatining 28-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» va «Olmaliq» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda stadionda juda ko‘p muxlislar bo‘lishi kutilmoqda. Tribuna.Uz manbasi bergan xabarga ko‘ra, uchrashuvda Toshkentdagi oliygohlarning talabalari majburiy olib borilmoqda.
Ushbu o‘yinni «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Karles Puyol ham stadiondan turib kuzatib boradi va shu tufayli stadion to‘ldirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga shoshilinch ko‘rsatmasi yo‘llangan. Tribuna.Uz ixtiyoriga ushbu ko‘rsatma matni kelib tushdi.
«O‘zbekiston futbol federatsiyasining taklifiga binoan, yurtimizga tashrif buyurgan «Barselona» jamoasining mashhur o‘yinchisi Karles Puyol sharafiga bag‘ishlab, 9 noyabr kuni soat 16:00da «Paxtakor» markaziy o‘yingohida «Paxtakor»-«Olmaliq» jamoalari o‘rtasida futbol uchrashuvi va ko‘ngilochar sport dasturlari namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, siz rahbarlik qilayotgan oliy ta'lim muassasasi talaba-yoshlarini ilovaga muvofiq, ushbu futbol uchrashuvi hamda ko‘ngilochar sport dasturida (guruh rahbarlari boshchiligida tartib-intizomi va xavfsizligini ta'minlagan holda) tomoshabin sifatida ishtirok etishlarini ta'minlashingiz so‘raladi», deyilgan ko‘rsatmada.
Mavzuga oid
13:23 / 01.08.2019
Puyol: «Real» ikki marta meni sotib olmoqchi bo‘lgan»
10:10 / 25.03.2018
«Barselona»dan ketishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak» - Puyol Neymar haqida
22:00 / 09.11.2017
Fotojamlanma. «Paxtakor»ning Puyol guvohligidagi o‘yinidan eng yorqin lahzalar
15:50 / 09.11.2017