Özbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev 26 oktabr kuni «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollaştiriş va kengaytirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi farmonga imzo çekdi. Hujjatda «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi, «Angren» va «Jizzax» maxsus industrial zonalari nomini birxillaştiriş maqsadida ularni «Navoiy», «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalar deb ataş belgilandi.

Farmonda qayd etilişiça, mazkur hujjat mamlakatda yuqori texnologiyali yangi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş, hududlarni raqobatdoş va eksportga yönaltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari işlab çiqarişni özlaştirişga yanada faol jalb qiliş, işlab çiqariş, muhandislik-kommunikatsiya, yöl-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirişni ta'minlaş uçun töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etişni kengaytirişning eng muhim omili sifatida erkin iqtisodiy zonalarni izçil rivojlantiriş borasida yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida qabul qilindi.

Quyidagilar «Navoiy», «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari (keyingi örinlarda — erkin iqtisodiy zonalar) faoliyatini yanada rivojlantirişning asosiy yönalişlari etib belgilandi:

xorijiy investorlarga mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektorlariga investitsiya kiritişi uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş maqsadida erkin iqtisodiy zonalar uçun yagona huquqiy rejimni belgilaş, soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalarni birxillaştiriş;
mahalliy mineral-xomaşyo resurslarini çuqur qayta işlaydigan va yuqori qöşimça qiymatga ega raqobatdoş mahsulotlar işlab çiqaradigan yuqori texnologiyali va mahalliylaştiriladigan zamonaviy korxonalarni taşkil qiliş uçun töğridan-töğri investitsiyalarni, avvalambor, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etiş, erkin iqtisodiy zonalarning muayyan sohaga ixtisoslaşuvini qöllab-quvvatlaş va ularda sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş;
erkin iqtisodiy zonalarda «yagona darça» tamoyili asosida barça turdagi davlat xizmatlarini körsatişga, jumladan, ruxsat beriş tartib-taomillariga bosqiçma-bosqiç ötiş;
işlab çiqariş, muhandislik-kommunikatsiya, yöl-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantiriş, şuningdek, sifatli logistika xizmatlari körsatiş böyiça zamonaviy infratuzilmani şakllantiriş;
oliy, örta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarida erkin iqtisodiy zonalarning soha kadrlariga bölgan hozirgi va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib çiqib, ularning erkin iqtisodiy zonalarda joylaşgan korxonalarda işlab çiqariş amaliyotini ötaşini nazarda tutgan holda, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaşni taşkil etiş.