Toshkentda haydovchilik guvohnomasini olish mumkin bo‘lgan yangi bo‘linma ochiladi
2018 yilning 12 mart kunidan Mirobod tumani Vodil ko‘chasi 54-uy manzili bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXBning yangi ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasi ochiladi. Ushbu bo‘linma Mirzo Ulug‘bek tumani aholisiga xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda ShIIBB xabar qilmoqda.
Shu kundan Yakkasaroy tumani aholisiga Sergeli tumani “Sergeli-avto bozori” MChJ hududida joylashgan IIBB YHXBning 1-sonli tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu o‘z navbatida Yunusobod va Chilonzor tumanlarida joylashgan YHXB TRIBlarda navbatlarni qisqartirish hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘lim va barcha bo‘linmalarida haftaning dushanba kuni ish kuni qilib belgilandi. Faqatgina Chilonzor tumanida joylashgan 3-tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasida ta'mirlash ishlari tufayli 19 mart kunidan boshlab har dushanba ham ishlash yo‘lga qo‘yilmoqda.
Barcha bo‘lim va bo‘linmalarda qo‘shimcha ravishda jamg‘arma kassalarining darchalari ochildi. Shuningdek, transport vositalarining agregat raqamlarini solishtirish maskanida katta navbatlarni bartaraf etish maqsadida qo‘shimcha xodim va vositalar jalb etildi. Fuqarolarning haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy xaydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun qo‘shimcha xonalar tashkil etildi.
12 martdan IIBB YHXB RIB va TRIBlar ish jadvaliga 4-sonli RIB ochilishi sababli amalga kiritilayotgan o‘zgarishlar
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat | 22:33
-
Eronda Isroil foydasiga josuslik qilishda ayblangan shaxs qatl etildi
Jahon | 22:31
-
30 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:19
-
Rossiyaning sabzovotchilikka ixtisoslashgan hududi mehnat migrantlari taqchilligiga duch keldi
Jahon | 21:53
Mavzuga oid

16:42 / 24.03.2025
Qirg‘izistonda qoidabuzar haydovchilardan to‘xtatilgan joyda imtihon olinadi

16:42 / 25.02.2025
Haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinganlar profilaktik hisobga olinadi

10:04 / 21.02.2025
Yo‘l harakati qoidalarida ayrim holatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

11:26 / 12.02.2025