10:50 / 07.12.2017
9565

Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri bilan telefon muloqoti o‘tkazdi

Kecha, 6 dekabr kuni, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isoqov bilan telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Telefon orqali muloqot chog‘ida hukumat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar va ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasidagi hamkorlikning yuqori darajasini alohida qayd etdilar.

Shuningdek, tomonlar davlat rahbarlari o‘rtasida avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha maksimal sa'y-harakatlarni amalga oshirishga intilishlarini tasdiqladilar.

Mavzuga oid
Top