Yangi smartfon taqdimoti avval taxmin qilingandek, Barselonadagi Mobile World Congress ko‘rgazmasi doirasida emas, balki 29 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Qurilma ikki variantda – 5,7 va 6,2 dyuymli diagonal bilan taklif qilinadi. Ikkala model ham bosish kuchini farqlaydigan cheti egilgan ekranlar bilan jihozlanadi.

Taxmin qilinishicha, smartfonning narxi 849 dollarni tashkil qiladi.