Sport | 16:40 / 07.02.2018
12499
1 daqiqa o‘qiladi
Premer-liganing eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun 6 nomzod tanlandi
Angliya premer-ligasining yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar nomi ma'lum bo‘ldi.
EA Sports simulyatori bilan hamkorlikda taqdim etib kelinayotgan ushbu sovrin uchun bu oyda bir yo‘la olti nafar futbolchi da'vogarlik qilishi oydinlashdi. Ularning ikki nafardan vakillari «Manchester Siti» va «Tottenhem» futbolchilaridir.
Demak da'vogarlar qo‘yidagicha:
Kevin De Bryuyne, Serxio Aguero «ikkalasi — «Manchester Siti», Kristian Eriksen, Yan Vertongen (ikkalasi — «Tottenhem»), Eden Azar («Chelsi») va Kallum Uilson («Bornmut»).
G‘olib nomi ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Nomzodlarga EA Sports rasmiy sayti orqali ovoz berish mumkin.
Mavzuga oid
22:00 / 13.05.2018
«Manchester Siti» tarixiy g‘alabaga erishdi. Yana yangi rekordlar
21:48 / 09.05.2018
Italiyada kubok, Angliyada YeChL uchun kurash. Bugungi o‘yinlar haqida
12:47 / 08.05.2018
Anons: Bugun Angliyada «hayot-mamot to‘qnashuvi»
21:40 / 06.05.2018