Özbekiston Respublikasi sudyalari mamlakat xalqiga murojaat qilişdi. Murojaat matni ÖzA saytida keltirilgan.

Mamlakatimizda ötgan davr mobaynida sud hokimiyati nufuzini oşiriş, uni ötmişdagi jazolovçi organdan inson huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiluvçi mustaqil institutga aylantiriş borasida keng qamrovli işlar amalga oşirildi. 

Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevning bevosita taşabbusi bilan sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini ta'minlaş borasida qabul qilingan qonun hujjatlari va körilgan amaliy tadbirlar mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötardi, sud hokimiyatining fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişdagi roli va ahamiyatini tubdan oşirdi. 

2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida sud hokimiyatining tom ma'noda mustaqilligini ta'minlaş, sud tizimini demokratlaştiriş va takomillaştiriş, qonuniylikni mustahkamlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş uşbu sohadagi islohotlarning eng asosiy yönalişlari etib belgilandi. 

Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga asosan fuqarolik, jinoiy, ma'muriy va iqtisodiy sud iş yurituvi sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organi – Özbekiston Respublikasi Oliy sudi taşkil etildi, sudlar tomonidan jinoyat işlarini qöşimça tergovga qaytarişdek odil sudlovning mazmun-mohiyatiga mutlaqo töğri kelmaydigan amaliyotga çek qöyildi.

Sudyalikka nomzodlarni tanlaş va lavozimga tayinlaş tartibi tubdan takomillaştirilib, sudyalar hamjamiyatining yangi organi – Sudyalar oliy kengaşi ta'sis etildi. 

Sudlar tizimining amaldagi tuzilmasi va ştat birligi qayta körib çiqilib, sudyalarning xizmat vazifalarini oqilona taqsimlaş imkonini beradigan darajada, hozirgi zamon talablarini inobatga olgan holda takomillaştirildi va maqbullaştirildi. 

Bu islohotlarning samarali amalga oşirilişi sud tizimida faoliyat körsatayotgan barça rahbar va mas'ul xodimlarning öz xizmat burçini sadoqat bilan, adolatli va mas'uliyatli bajarişiga çambarças boğliqdir. 

Joriy yilning 13 iyun kuni Toşkent şahrida bölib ötgan tarixiy uçraşuvda muhtaram Yurtboşimiz tomonidan aniq körsatib ötilgan sud tizimidagi jiddiy muammo va kamçiliklarni bartaraf etiş hamda oldimizga qöyilgan vazifalarni töğri hal etiş uçun har birimiz işga bölgan munosabatimizni tubdan qayta körib çiqişimiz, şaxsiy mas'uliyatimizni keskin oşirişimiz zarur.