Bosh prokurorning o‘zi Toshkent viloyatida qonun yo‘q ekan deb aytyapti – Prezident hududdagi korrupsiya holatlariga to‘xtaldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi vaqtida hududdagi korrupsiya holatlari to‘g‘risida gapirdi.
«Bosh prokurorning o‘zi vaziyatni o‘rganib menga aytdi – «Toshkent viloyatida qonun yo‘q ekan, hech narsadan qo‘rqmay qo‘yishibdi», – dedi.
Qarang, bir noinsof deputatlikka saylanish uchun 3 ming dollar pora beribdi. Bunday holatlarga juda ko‘p duch kelyapmiz. To‘g‘ri, bir vaqtlar qamayverib baraka topmadik. Lekin bu qonunni oyoqosti qilish degani emas. Bunday qilishga hech kimga yo‘l qo‘ymayman.
Hozircha arqonni uzun tashlab turibman, lekin menda hamma ma'lumotlar bor», – deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bundan avvalroq davlat rahbari viloyatning sobiq hokimi Rustam Xolmatovning ishdan ketish masalasiga to‘xtalib, u o‘zi viloyatni boshqara olmayotganini tan olib ariza yozgani, hududdagi o‘rta bo‘g‘indagi va boshqa rahbarlar mas'uliyatni o‘ziga olmasligini aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
21:28 / 07.01.2025
Chirchiq daryosi hududida tabiatga 674 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi
21:18 / 07.01.2025
Toshkent viloyatida issiq suv va isitish ta’minoti narxi oshiriladi
19:34 / 07.01.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisiga ta’ziya yo‘lladi
17:45 / 06.01.2025