11:14 / 26.05.2016
16298

Ulug‘bek Rahmatullayevning muxlisasi xonanda bilan uchrashmasa o‘zini o‘ldirishi mumkinligini bildirdi

Tahririyatga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini Dildora deya tanishtirgan muxlisa  xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevning telefon raqamini so‘raydi. Tahririyat xodimlari san'atkorlarning shaxsiy ma'lumotlarini berolmasliklarini aytganida, u o‘zini suvga tashlamoqchiligini aytadi. 

Bu haqda diydoraziz.uz nashri yozmoqda. 

Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev bilan bog‘langan tahririyat xodimlari ushbu holat yuzasidan izoh so‘raydi. 

Ulug‘bek Rahmatullayev:  — Bunday holatlar juda ko‘p bo‘ladi, hozirda parvo ham qilmayman. Boshida nima qilishimni bilmay qolganman. To‘g‘ri, meni yaxshi ko‘rishlari, ardoqlashlaridan minnatdorman. Lekin men bilan gaplashmasa, o‘zini o‘ldiradigan inson qanaqa bo‘lishi mumkin?! Ota-onasini o‘ylamaydimi, bunday insonlarga ishonmayman, qolaversa, bu gaplari yolg‘on. Men hayotga real qaraydigan va o‘zini, birovni hurmat qiladigan insonlarni yaxshi ko‘raman hamda do‘stlashaman. Muxlislarim ham ana shunday bo‘lishini istayman.

Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravishda xabardor bo‘lish uchun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo bo‘ling.

Top