12:14 / 03.06.2017
17092

Xonobod shahrini rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinadi

Foto: President.uz

Andijon viloyati faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari viloyatning Xonobod shahrini yana rivojlantirish yuzasidan hukumat qarori qabul qilinishi lozimligi haqida ham gapirgan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

“Xonobod yaqin yillarda ham respublikamizning eng go‘zal maskanlaridan biri edi. Yaqin kunlarda u o‘zining avvalgi shuhratini qaytarishi lozim. Shaharni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish uchun hukumat qarorini qabul qilish lozim”, - degan Prezident.

Davlat rahbarining fikriga ko‘ra, kelgusida viloyatning har bir tuman-shahriga Xonoboddan ma'lum bir hudud ajratiladi. Unda tegishli shahar-tuman aholisi ko‘ngilli hordiq chiqarishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratiladi. Bu esa, mamlakatda iqtisodiyotning yangi tarmog‘i – ekoturizm rivojida muhim o‘rin tutadi. 

Yig‘ilishda Prezident shahar infratuzilmasini tubdan o‘zgartirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Top