04:19 / 29.06.2016
11098

Turkiya prezidenti aeroportdagi portlashlardan so‘ng shoshilinch majlis chaqirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbul xalqaro aeroportida sodir bo‘lgan portlashlar tufayli favqulodda shoshilinch majlis o‘tkazmoqda. Bu haqda Reuters xabar qildi. 

Ma'lum bo‘lishicha, ushbu majlisda bosh vazir Binali Yildirim hamda mamlakat qurolli kuchlari rahbari ishtirok etmoqda. 

Majlis uchrashuvi prezident qarorgohida bo‘lib o‘tmoqda.

Top