22:51 / 09.02.2017
108749

Savollarga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning antiqa javoblari

Fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohga juda ko‘plab savollar yo‘llashar edi. Bu savollarga hazratning javoblari ham antiqa, kutilmagan qaytarilardi. Masalan, bir kishi u zotdan so‘radilar: “Taqsir, kimning tavbasi qabul bo‘lmaydi?”. U kishi shunday dedilar: “Tavba qilmagan odamning tavbasi qabul bo‘lmaydi”.

U kishida ana shunday g‘aroyib va nodir javoblar bo‘lar edi.

Bir safar so‘rashdi: “Sumalak haqida gapirsangiz, Qur'onda bu taom haqida nima deyilgan?”. Javob qaytardilar: “Qur'on pazandachilik haqidagi kitob emas, u hidoyat kitobdir”. Yana savol berishdi: “Nike krossovkasini kiysam bo‘ladimi?”. “O‘lchami to‘g‘ri kelsa kiyavering”, dedilar hazrat. Savol beruvchilardan yana biri so‘radi: “Anjirni yoqsam bo‘ladimi?”. U zot dedilar: “Yaxshi yonadi, yoqavering”.

Alloh u kishini rahmat qilsin, hali bu javoblarni ko‘p sog‘inamiz.

Mavzuga oid
Top