Farzandingiz ko‘p yolg‘on gapiradimi, demak, siz uni haddan tashqari qattiq hisob-kitob qilib, tergaysiz. Agar u sizga ishonmasa, siz uni shijoatlantirmayotgan ekansiz.
Farzandingiz so‘zlashishni bilmaydimi? U bilan suhbatlashishga alohida e'tibor qarating. U o‘g‘irlik qilyaptimi, demak, siz unga sovg‘alar, hadyalar bermas ekansiz.
Doktor Toriq al-Habibiyning ta'kidlashicha, farzandning qo‘rqoqligi, ota-onaning uni ko‘p himoya qilishi bilan bog‘liq ekan. Bundan tashqari, ota-onaning o‘z farzandi bilan baland ovozda gaplashishi, bolani boshqalarni hurmat qilmasligiga olib kelar ekan.
“Farzandingiz doim darg‘azabmi?
Demak, siz uni maqtab turmas ekansiz.
Farzandingiz baxilmi?
Demak, siz u bilan sherik, hamkor bo‘lmas ekansiz.
Farzandingiz boshqalarga zulm qiladimi?
Demak, siz ham qo‘pol ekansiz.
Farzandingizning shaxsiyati zaifmi?
Demak, siz doim do‘q-po‘pisa bilan muomala qilar ekansiz.
Farzandingiz jonsarakmi?
Demak, siz hadeb muhlat qo‘yaverar ekansiz.
Farzandingiz sizdan o‘zini olib qochadimi?
Demak, siz uni bag‘ringga bosib, quchmas ekansiz.
Farzandingiz sizga itoat qilmaydimi?
Demak, siz talabni juda kuchaytirib yuborar ekansiz.
Farzandingiz boshqalarga aralashmaydigan odamovi bo‘lib qolganmi?
Demak, siz ishga haddan tashqari band ekansiz”, deb yozadi Doktor Toriq al-Habibiy.










