18:03 / 28.07.2016
6108

Britaniyaning Keating Berus superkari 2,4 soniyada “100”ga chiqadi

Britaniyaning Keating ishlab chiqaruvchisi Berus nomli yangi superkari ustida ish olib bormoqda. Kupe ikki xil: benzinli va elektromotorli namunada taqdim etiladi, deb xabar qilmoqda Autocar.

Benzinda harakatlanadigan rusumiga 650 ot kuchidan ko‘proq quvvatga ega V8 motori joylashtiriladi. Bu dvigatel yordamida mashina tezligini 2,4 soniyada soatiga noldan 100 kmga chiqara oladi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 370 kmni tashkil etadi. 

Elektrli «Berus»ning motori 405 ot kuchiga teng. Ammo, uning eng yuqori tezligi va “yuz”ga chiqish vaqtiga oydinlik kiritilmagan. 

Keating Berus taqdimoti 2017 yilning aprelida Monakodagi Top Marques ko‘rgazmasida tashkil etiladi. U, kompaniyaning TKR, SKR, ZKR va The Bolt superkarlaridan keyingi beshinchi modelidir.

Top