Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda joylashgan yerto‘lada bedarak yo‘qolgan bolalar yashayotgani aniqlandi
Qo‘qon shahri, Chust, Pop, Andijon va Guliston tumanidan bo‘lgan 13-14 yashar bedarak yo‘qolgan bolalar Namangandagi qurilishi bitmagan uy yerto‘lasida yashab yurgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda. Ma'lumotga ko‘ra, ular bu yerda 6-7 oy davomida yashab kelishgan.
Namangan viloyati IIB kapitani D. Xudoyberdiyevning aytishicha, so‘nggi paytlarda boshqa viloyatlardan kelib qolgan voyaga yetmaganlar ko‘paygan, ular tilanchilik va o‘g‘rilik bilan shug‘ullanib, tunlari yerto‘la va xiyobonlardan panoh topmoqda.
Joriy yil davomida birgina Namangan shahridagi yerto‘lalardan 400 nafardan ortiq kishi qo‘lga olingan bo‘lib, ularning asosiy qismini voyaga yetmagan bolalar tashkil etadi.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
17:37 / 04.06.2026