Moskvada "Spasskaya minorasi” harbiy-musiqiy festivali boshlanmoqda.

Ushbu festivalda O‘zbekiston nomidan Mudofaa vazirligi Harbiy orkestr xizmati boshlig‘i, polkovnik Pavel Makarov boshchiligidagi harbiy orkestr jamoasi ishtirok etmoqda.

Internetda ushbu festival boshlanishi arafasida o‘zbekistonliklar jamoasi Leningrad vokzalida moskvaliklarga o‘z san'atini namoyish etayotgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi.