O‘zbekiston | 16:06 / 29.06.2016
18804
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy O‘zbekistonga 200 mln dollar kredit mablag‘lari ajratadi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov va XXR raisi Si Tsznpin o‘rtasida yaqinda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda, mamlakatlar hukumatlari neftgaz va transport sohasi uchun 200 million dollardan ortiq kredit shartnomasini imzolashgan edi, deb xabar qilmoqda ChinaLogist.

Bundan tashqari, nashrning O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga asoslangan holda yozishicha, yaqin orada Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida avtomobil qatnovini yo‘lga qo‘yish haqidagi bitim imzolanishi kutilmoqda. 
 

Foto:Google image

Mavzuga oid