2017 yilning 10 martidan boşlab Özbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 10 000 söm bölgan banknot körinişidagi yangi pul belgilarini muomalaga çiqaradi. Bu haqda Markaziy bank saytida xabar berildi.

Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 10 000 söm bölgan pul belgilari 144 x 78 mm. ölçamdagi himoyalangan qoğozda tayyorlangan. Banknotning öng tarafidagi keng oq rangli sathda Özbekiston Respublikasi Gerbi va “10000” raqami körinişida suv belgisi mavjud. Oq rangli sathning çap tarafidan qoğoz qatlamida “Darça” va “3D” effektli yuzaga çiqib, içkariga botuvçi himoya ipi ötkazilgan.

Banknot old tomonining yuqori qismida “ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi mavjud. Çap qismida naqşinkor elementlar fonida Özbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida yettita raqamli nomeri bilan ikki lotin harfidan iborat seriyasi joylaşgan. Naqşinkor ramkaning öng va çap burçaklarining quyi qismida, şuningdek Gerbning öng tarafida “10000” raqami tasvirlangan bölib, banknotning qiymatini bildiradi.

Gerbning öng tarafidagi “10000” raqami ustiga yirik harflar bilan “SÖM” sözi yozilgan. Uşbu tasvir tepasida banknot qiymati söz bilan “ÖN MING” körsatilgan. Naqşinkor ramkaning pastki qismida “ÖZBEKISTON SÖMI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TÖLOVLAR UCHUN ÖZ QIYMATI BÖYIÇA QABUL QILINISHI SHART” yozuvi joylaşgan.

Banknotning töq kök rangli naqşinkor ramkasi, “ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi, Gerb, öng va çap tomondagi  “10000” raqamlari börtib turadi, uşlab körilganda seziladi.

Oq rangli sathda joylaşgan “10000” raqami tepasida banknotning nomeri va seriyasi takror körsatilgan. Oq rangli sathning yuqori qismida qiyalik burçagining holatiga qarab rangini özgartiruvçi va uşlab körilganda bilinadigan börtib turuvçi, tilla-bronza rangli sakkiz qirrali naqş mavjud. Naqş tepasida banknot çiqarilgan yil “2017” körsatilgan.

Banknotning orqa tomoni çap qismidagi oq rangli sathda suv belgilari körinadi. Oq rangdagi sathning yuqori va pastki qismlarida kök va binafşa rangda işlangan naqşinkor bezaklar joylaşgan bölib, pastki bezak ustida “10000” raqami aks ettirilgan.