20:50 / 17.08.2017
10446

Barselona markazida mikroavtobus yo‘lovchilar ustiga bostirib kirdi

Foto : @Vil_Music

Ispaniyaning Barselona shahridagi Rambla ko‘chasining yo‘lovchilar yurishiga mo‘ljallangan tomonida harakatlanib ketayotgan ko‘plab odamlar ustiga mikroavtobus bostirib kirgan. La Vanguardia shu haqida xabar berdi. 

Politsiya manbalarining ma'lum qilishicha, voqea natijasida kamida 20 kishi jarohat olgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari voqea sodir etilgan joy atrofini o‘rab olishgan. Qahvaxona va do‘konlar egalariga savdo nuqtalarini yopish buyurilgan. 

Reuters agentligining xabar berishicha, voqea ro‘y bergan joyga favqulodda xizmatlar mashinalari kelmoqda. 

Top