Markaziy bank: Joriy yil oxiriga qadar respublikaning barcha hududlari bankomat va plastik kartalar bilan ta'minlanadi
21 aprel kuni poytaxtimizdagi "Media Xoll" majlislar zalida vazirlik va idoralar, shuningdek OAV vakillari ishtirokida Harakatlar strategiyasining birinchi chorak natijalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Ta'kidlash joizki, 2017 yilning 1 mart kuni "Taraqqiyot strategiyasi" markazi rasman o‘z ishini boshlagan.
Markazning asosiy vazifalaridan biri - jamoatchilik va davlat idoralari o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik rolini bajarish. Shu sa'y-harakatlar natijasida o‘tkazilgan bugungi tadbirda xalq vakillarining savollari davlat idoralari xodimlariga yetkazildi. Xususan, "Kun.uz" muxbiri Markaziy bank rais o‘rinbosari Shoxruh Shoahmedovga bankomatlar haqidagi savol bilan yuzlandi:
"Hech kimga sir emas, yurtimizda bankomatlar bilan bog‘liq muammolar mavjud. Ularning bartaraf etilishi bo‘yicha qanday ishlar olib borilmoqda?"
Markaziy bank vakili bugungi kunda bankomatlar bilan ta'minlash jarayoni jadal sur'at olgani, bu borada chorakma-chorak ishlar olib borilayotganini ta'kidladi. Shuningdek, "1 martdan hamma joyda terminal ishlayotgani"ni quvonch bilan qayd etdi.
"Bundan tashqari respublika hududida joriy yil oxiriga qadar bankomatlar, plastik kartalar va boshqa qurilmalarni olib kelish rejaga kiritilgan, bular hammasi amalga oshiriladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun qator idoralarga imtiyozlar berildi", - deya so‘zlarini yakunladi Markaziy bank rais o‘rinbosari.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urumchida O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 01:01
-
Samarqanddagi o‘rmonda 50 mingdan ortiq buta va daraxtlar yonib ketdi
O‘zbekiston | 00:27
-
Isroilda o‘rmon yong‘inlari avj oldi. Qator aholi punktlari evakuatsiya qilindi, asosiy magistral yo‘l yopildi - fotolar
Jahon | 23:44 / 30.04.2025
-
Qozog‘iston investorlar uchun yangi «oltin vizalar»ni joriy etmoqda
Jahon | 23:15 / 30.04.2025
Mavzuga oid

20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi

12:24 / 24.04.2025
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

16:34 / 18.04.2025
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi

17:09 / 05.04.2025