14:49 / 14.10.2017
10511

“Made in Uzbekistan”: 100 ta yirik kompaniya ko‘rgazmada ishtirok etishini tasdiqladi

Foto: O‘zekspomarkaz

Joriy yilning 7-9 noyabr kuni “O‘zekspomarkaz”da “Made in Uzbekistan” O‘zbekiston iqtisodiyotining yutuqlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi. Tadbir “O‘zekspomarkaz” MKK tomonidan tegishli vazirliklar va qo‘mitalar qo‘llab-quvvatlovi bilan tashkil etilmoqda.

Hozirga qadar 100dan ortiq yirik kompaniya “Made in Uzbekistan” O‘zbekiston iqtisodiyotining yutuqlari ko‘rgazmasida ishtirok etishini tasdiqladi.

Ko‘rgazmani o‘tkazishdan maqsad – milliy mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surish, sifatli hamda import o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va oshirish kabilardir. 

Ko‘rgazma bo‘limlarga ajratilgan bo‘lib, ular orasida avtomobil sanoati, yengil sanoat, energetika, elektrotexnika, qurilish, kimyo, tog‘-metallurgiya, charm, farmatsevtika, oziq-ovqat, moliyaviy muassasalar, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari, xalq iste'moli tovarlari, mebel sanoati, ta'lim va boshqalar bor.

Batafsil ma'lumot uchun telefon raqamlari: + (99871) 238-56-11/19/10/00.
Sayt: www.uzexpocentre.uz

 

Top